Balki, quyidagi savollar sizni qiziqtirar:
Qanday qilib "Iman Pay"ilovasi orqali xarid qilishim mumkin?
"Iman Pay" ilovasi orqali xarid qilish uchun avval ilovani Play Market yoki App Store’dan yuklab olib, o'rnatish kerak bo’ladi. Shundan so'ng, telefon raqamni kiritib, ro'yxatdan o'tiladi. Keyin esa pasport/ID karta va ish haqi kartasi yordamida 1 daqiqa ichida skoring (to'lov qobiliyatini tekshirish) jarayonidan o’tiladi. Barcha kerakli maydonlarni ma'lumot bilan to'ldirgandan so'ng, limit olish va xarid qilish uchun QR-kod beriladi. Limitni olgach hamkorlarimizdan biriga borib, ilovadagi QR kodni ko'rsatish orqali mahsulot yoki xizmat sotib olish mumkin.
Bundan tashqari, "Iman Pay" ilovasi orqali xarid qilish haqida www.iman.uz saytimizning asosiy sahifasi, "Bu qanday ishlaydi?" bo'limidagi video-qo’llanmalarda batafsil bilib olishingiz mumkin
IMAN'ning savdo hamkorlari haqida qayerdan ma'lumot olishim mumkin?
Hamkorlar haqida ma'lumotni www.iman.uz rasmiy veb-saytimizdagi "Hamkorlar" bo'limida topishingiz mumkin. Bundan tashqari, quyidagi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda hamkorlar haqida kerakli ma'lumotlarni olishingiz mumkin:
- Instagram - https://instagram.com/imanpay.uz?igshid=NWRhNmQxMjQ=
- Telegram - https://t.me/IMANUZB
- Facebook - https://www.facebook.com/IMAN-Pay-110203638156793/
Muddatli to'lov bo'yicha oylik to'lovlar qanday to'lanadi?
Quyidagi yo'llar bilan to‘lov qilish mumkin:
- Telegram bot - @IMANuzb_bot
- Payme, Click
- Oflayn bank kassalarida pul o'tkazish orqali ("Ipoteka Bank" afzalroq, chunki, tranzaksion to’lov 0%).
IMAN faoliyatining halolligini tasdiqlovchi fatvoga egami?
Ha, bizda IMAN kompaniyasining faoliyati halolligini tasdiqlovchi ikkita fatvo mavjud. Ular bilan www.iman.uz saytimizning “Shariatga muvofiqlik” bo’limida tanishishingiz mumkin.
Nega menga xarid qilish uchun limit berilmadi? Bunday vaziyatda nima qilishim mumkin?
Agar sizga limit berilmagan bo'lsa, demak, sizda joriy kreditlar/muddatli to'lovlar bo'yicha qarzlar/kechikishlar bo'lishi mumkin, daromadingiz yetarli emas yoki boshqa sabablar bo’lishi mumkin. Bunday hollarda, siz bir necha oydan keyin limit olish uchun qayta urinib ko'rishingiz mumkin.
Muddatli to'lovga xarid qilish uchun "Ommaviy oferta" shartnomasi shartlari bilan qanday tanishish mumkin?
Rasmiy saytimiz www.iman.uz dagi "Ommaviy oferta" bo'limida tanishishingiz mumkin.
Iman Pay ilovasi orqali eng ko'pi qancha limit olish mumkin?
Bitta xaridor uchun maksimal limit 16 000 000 so'm. Limitdan hamkorlarimizdan xarid qilish uchun foydalanish mumkin.
IMAN yangi bizneslarni moliyalashtirishni rejalashtirmoqdami?
Ha, kompaniya yaqin kelajakda yangi xizmatlarni, shu jumladan qiziqarli biznes loyihalarini moliyalashtirishni rejalashtirmoqda. Yangi loyihalar qachon va qanday yo‘lga qo’yilishi haqida veb-saytimiz, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali albatta xabar beriladi.
Iman Pay orqali mashina, kvartirani muddatli to'lovga sotib olish mumkinmi?
Hozirgi vaqtda kompaniya yangi xizmatlarni, shu jumladan avtomobil va kvartiralarni muddatli to’lovga sotishni yaqin orada boshlashni rejalashtirmoqda. Yangi loyihalar qachon va qanday yo‘lga qo’yilishi haqida veb-saytimiz, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali albatta xabar beriladi.
Yuridik shaxslar Iman Pay orqali muddatli to'lovga xarid qilishlari mumkinmi?
Yo'q, "Iman Pay" ilovasi orqali faqat kerakli hujjatlarga (pasport/ID-karta va ish haqi kartasi) ega jismoniy shaxslar tovar va xizmatlarni muddatli to’lovga sotib olishlari mumkin
Iman Pay muddatli to’lovidan kimlar foydalana oladilar?
18 yoshdan 63 yoshgacha bo’lgan insonlar foydalana oladilar.
Katta miqdorda limit berilsa, nima uchun faqat 16 mln so’mlik xarid qilish mumkin?
Hozirgi vaqtda kompaniyaning ichki qoidalariga ko’ra, berilgan limit miqdoridan qat’i nazar 16 mln so’mlik xarid (ustamani hisoblaganda) qilish mumkin
“Limitni oshirish” tugmasi nima uchun ishlamayapti?
“Limitni oshirish” funksiyasi hozirda ishlab chiqilmoqda. Ushbu funksiya tayyor boʻlgach, siz ikki yoʻl bilan limitingizni oshirish imkoniyatiga ega boʻlasiz: qoʻshimcha plastik karta qoʻshish yoki “Imon Pay” ilovasi orqali siz bilan tanishishini tasdiqlashi kerak boʻlgan tanishlaringizning qoʻshimcha aloqalarini qoʻshish orqali. bildirishnoma oldi.