Yangi xarid usuli
Kategoriyalar
Balki, quyidagi savollar sizni qiziqtirar:
Qanday qilib "Iman Pay"ilovasi orqali xarid qilishim mumkin?
"Iman Pay" ilovasi orqali xarid qilish uchun avval ilovani Play Market yoki App Store’dan yuklab olib, o'rnatish kerak bo’ladi. Shundan so'ng, telefon raqamni kiritib, ro'yxatdan o'tiladi. Keyin esa pasport/ID karta va ish haqi kartasi yordamida 1 daqiqa ichida skoring (to'lov qobiliyatini tekshirish) jarayonidan o’tiladi. Barcha kerakli maydonlarni ma'lumot bilan to'ldirgandan so'ng, limit olish va xarid qilish uchun QR-kod beriladi. Limitni olgach hamkorlarimizdan biriga borib, ilovadagi QR kodni ko'rsatish orqali mahsulot yoki xizmat sotib olish mumkin.
Bundan tashqari, "Iman Pay" ilovasi orqali xarid qilish haqida www.iman.uz saytimizning asosiy sahifasi, "Bu qanday ishlaydi?" bo'limidagi video-qo’llanmalarda batafsil bilib olishingiz mumkin
IMAN'ning savdo hamkorlari haqida qayerdan ma'lumot olishim mumkin?
Hamkorlar haqida ma'lumotni www.iman.uz rasmiy veb-saytimizdagi "Hamkorlar" bo'limida topishingiz mumkin. Bundan tashqari, quyidagi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda hamkorlar haqida kerakli ma'lumotlarni olishingiz mumkin:
- Instagram - https://instagram.com/imanpay.uz?igshid=NWRhNmQxMjQ=
- Telegram - https://t.me/IMANUZB
- Facebook - https://www.facebook.com/IMAN-Pay-110203638156793/
Muddatli to'lov bo'yicha oylik to'lovlar qanday to'lanadi?
Quyidagi yo'llar bilan to‘lov qilish mumkin:
- Telegram bot - @IMANuzb_bot
- Payme, Click
- Oflayn bank kassalarida pul o'tkazish orqali ("Ipoteka Bank" afzalroq, chunki, tranzaksion to’lov 0%).
IMAN faoliyatining halolligini tasdiqlovchi fatvoga egami?
Ha, bizda IMAN kompaniyasining faoliyati halolligini tasdiqlovchi ikkita fatvo mavjud. Ular bilan www.iman.uz saytimizning “Shariatga muvofiqlik” bo’limida tanishishingiz mumkin.