Buka bilan birgalikda sog'lom hayot tarziga yangicha yondoshuv
Buka Fit obunasini endilikda 0 % bilan 3 va 6 oyga
muddatli to'lov asosida xarid qilish mumkin.
Zamonaviy jihozlar
Zal professional sport jihozlari bilan ta'minlangan. Bu esa, mijozlarga yuqori darajadagi qulaylik, ishonchlilik va funksionallik taqdim etadi. Maxsus jihozlar tufayli treninglarda yuqori natijalarga erishish imkoniyati yaratildi.
Yuqori toifali, malakali murabbiylar
Mas'uliyatli, mehnatsevar, sizni rag'batlantirishga va yaxshi tomonga o'zgartirishga tayyor murabbiylar sizga dastlabki ko'rsatmalar berishadi yoki siz bilan individual tarzda shug'ullanishadi.
Suvli hudud
BUKA FIT suvli hududida kattalar va bolalar uchun 2 ta basseyn mavjud bo'lib, ular zamonaviy filtrlash tizimlari yordamida tozalanadi. Jismoniy mashqlar yoki ishdagi og'ir kundan keyin tiniq suvga sho'ng'ib dam olish juda ajoyib.
Sog'lomlashtiruvchi bar
Bizning shinam barimizda hamma narsa mavjud:
- kayfiyatingizni ko'taruvchi xushbo'y choy;
- tetiklantiruvchi qahva;
- immunitet uchun yangi tayyorlangan sharbatlar;
- proteinli batonlar;
- salqinlash uchun foydali smoothies;
- kuchli mushaklar uchun sport ovqatlari;
- kun bo'yi baquvvat bo'lish uchun energetik ichimliklar;
- va agar och qolsangiz, mazali taom.
Bundan tashqari
Buka Fit'da darrov jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishni boshlash talab etilmaydi. Kelib jarayonni ko'ring, kuzating. Jamoamiz sizga maslahat berishdan doimo mamnun. Shuningdek, o'yin maydoni, basseyn hududi bilan tanishishingiz, massaj va hattoki, bug'li dush ham qabul qilishingiz ham mumkin.
Endi 0% bilan muddatli to'lov asosida
IMAN Buka Fit bilan birgalikda sog'lom hayot tarziga yangicha yondoshuvni taklif etadi. Batafsil ma'lumot uchun Buka Fit sport-sog'lomlashtirish majmuasiga murojaat qiling.
Muddatli toʻlov boʻyicha maʼlumot olish uchun
raqami orqali koll-markazimizga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.